Mazkur jinoyat ishi doirasida oʻtkazilgan tergov-tezkor harakatlari davomida jinoiy faoliyat olib borgan bir nechta shaxslar gumonlanib ushlandi.
Jumladan,
1. 1971-y.t. Qudratullayev Baxtiyor Zafarovich (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik; 276-modda 2-qismi, koʻp miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash);
2. 1980-y.t. Sharipov Dilshod Tulkinovich (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik);
3. 1972-y.t. Mirzaxanov Anvar Babarajabovich (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik).
Ushbu shaxslar tahdid va kuch ishlatish yoʻli bilan pul mablagʻlarini qonunga hilof ravishda qoʻlga kiritish bilan shugʻullangan.
Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi B.Z.Qudratullayev, A.B.Mirzaxanov, D.T.Sharipovlar protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan yoki guruh aʼzolaridan jabr koʻrgan boʻlsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Unutmang, qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar!