Yana Xitoy, yana virus...

    Aholisi 11 million kishini tashkil etuvchi shaharda koronavirusga tezkor test olinmoqda. SHaharning ayrim hududlariga kirish yopilgan, bolalar bog'chalari, boshlang'ich va o'rta maktablarda mashg'ulotlar to'xtatilgan.

    Xitoyda yana koronavirus yuqtirish holatlarining oʻsish holati qayd etilmoqda. Xebey provinsiyasida bir necha kun ichida ushbu infeksiyani yuqtirganlar 200dan ortganining oʻzi ham buni tasdiqlaydi.

    Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, kasallikning 234 nafar bemordan144 nafarida simptomsiz ekani aniqlangan. Xitoy hukumati bemorlar soni oʻsishi ehtimoliga tayyorgarlik koʻrmoqda. Xabar qilinishicha, Xebey poytaxti Shiszyachjuan shahri bilan avtobus, temir yoʻl va aviaqatnov nomaʼlum muddatga toʻxtatilgan.

    Aholisi 11 million kishini tashkil etuvchi shaharda koronavirusga tezkor test olinmoqda. Shaharning ayrim hududlariga kirish yopilgan, bolalar bogʻchalari, boshlangʻich va oʻrta maktablarda mashgʻulotlar toʻxtatilgan.

    Shiszyachjuandan tashqari, Sintay va Nangun shaharlari ham infeksiya oʻchogʻi deb hisoblanmoqda. Bu shaharlarda ham aholidan koronavirusga test olinmoqda.

    Kasallikning yangi toʻlqini tarqalishining oldini olish maqsadida poytaxt Pekinda ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi.