Bu haqda Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda mazkur hududda yer uchastkalarini yangi foydalanuvchilarga taqsimlash, huquqni rasmiylashtirish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda qurilish ishlarini olib borish vaqtincha toʻxtatiladi.
Shuningdek, hudud toʻliq xatlovdan oʻtkazilib, turar va noturar binolar hamda qishloq xoʻjaligi yerlari egalariga yetkaziladigan zararni qoplash uchun kompensatsiya miqdori aniqlanadi.
Maʼlumot uchun, davlat rahbari yaqinda yangi aeroport qurilish ishlarini rasman boshlab bergan edi. Aeroport Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlaridagi 1 300 gektar maydonda qurilmoqda.