Mazkur multfilm bosh qahramon Olimjon va uning doʻstlari Bahodir, Farhod, Muxlisa va Madinalarning boshidan kechirgan sarguzashtlari haqida boʻlib, mazmunan bolalarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini orttirishga qaratilgan.

Ssenariy muallifi va rassom Shuhrat Asayev, rejissyor Jasurbek Boʻtayev, kartina direktori Gʻolibjon Sanoqulov, modelchilar Islomiddin Mamasiddiqov, Timur Poʻlatov, Bahrom Mahamadov, animatorlar Azamat Kadirov, Dostonbek Ravshanqulov, Sarvar Ismailov, Farhod Umarov, kompozitor Aziz Abdullayevlar ushbu animatsion film bolajonlarda katta taassurot qoldirishiga umid bildirishmoqda.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati