Yangi taʼlim yoʻnalishlarda talabalar 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab tahsil olishni boshlaydi. Taʼlim kunduzgi shaklda, davomiyligi 4 yil, barcha fanlar Ingliz tilida mahalliy va xorijiy professor oʻqituvchilar tomonidan olib boriladi, taʼlim olish davrida xorijiy hamkor universitetlarga Talabalar almashinuvi dasturi orqali 1 yoki 2 semestr taʼlim olish imkoniyati mavjud. Talabalar 2,3-kursda Work&Travel dasturida ishtirok etishi mumkin.

Taʼlim jarayoni kredit toʻplash va koʻchirishning Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosida tashkil etiladi.

Yangi taʼlim yoʻnalishlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Litsenziya taqdim etildi. Ushbu litsenziyaga asosan bitiruvchi talabalarga Oʻzbekiston va xorijiy davlatlarda tan olinadigan xalqaro diplom beriladi, deb xabar beradi Turin politexnika universiteti matbuot xizmati.