Tanlovdan ko'zlangan asosiy maqsad o'quvchilarda yozma nutq, tanqidiy va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish, milliy qadriyatlar, yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, huquqiy va iqtisodiy savodxonlik, faol fuqarolik, ekologik madaniyat va salomatlik, ilm-fan va texnologiyalar, mediasavodxonlik, kasblar va kelajakka doir tasavvurlari bo'yicha zamonaviy dunyoqarashni shakllantirish, xalqaro baholash mezonlari asosida insho (esse) yozishga o'rgatish bo'lib, unda butun Respublika bo'ylab jami 28 055 nafar o'quvchi ishtirok etdi.

Insholarni baholash va saralash jarayoni uch: tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichida o'tkazildi. 24-28 fevral` kunlari so'ngi respublika bosqichiga etib kelgan 252 nafar ishtirokchining yozma ishlarini baholash jarayonlari tashkil etildi. 10 nafar mutaxassis, jamoatchilik vakillari va amaliyotchi o'qituvchilardan iborat hakamlar hay'ati yozma ishlarni xolis ko'rib chiqdi va munosib baholadi. Tanlov nizomiga ko'ra 6-11-sinflar bo'yicha, har bir sinf kesimida uchtadan (1-2-3-o'rin) g'olib aniqlandi.

6-sinflar o'rtasida:

1-o'rin Toshkent viloyati, Parkent tumani, 26-maktab o'quvchisi Gulsanam Azimova, 

2-o'rin Navoiy viloyati, Karmana tumani, 22-maktab o'quvchisi Shahnoza Botirova, 

3-o'rin Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, M.Ulug'bek maktabi o'quvchisi Jahongir Mamanazarov.

7-sinflar o'rtasida:

1-o'rin Namangan viloyati, To'raqo'rg'on tumani 2-maktab o'quvchisi Dilshoda Mahmudjonova, 

2-o'rin Toshkent shahri, 35-maktab o'quvchisi Muxlisa Ahmedova, 

3-o'rin Qoraqalpog'iston Respublikasi, Beruniy tumani, 66-maktab o'quvchisi Ziyada Baxtiyarova.

8-sinflar o'rtasida:

1-o'rin Xorazm viloyati, Hazorasp, tumani 2-maktab o'quvchisi O'g'iljon Baxtiyorova, 

2-o'rin Buxoro viloyati, G'ijduvon tumani, 5-IDUM o'quvchisi Xadicha Hojimurodova, 

3-o'rin Navoiy viloyati, Karmana tumani, 10-maktab o'quvchisi Shahnoza Ergasheva.

9-sinflar o'rtasida:

1-o'rin Navoiy viloyati, Navoiy shahri, 12-IDUM o'quvchisi Suhrobjon Jo'raboev, 

2-o'rin Toshkent shahri, 303-IDUM o'quvchisi Shahzodabonu Ro'zieva, 

3-o'rin Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, 1-IDUM o'quvchisi Dilnoza Ro'ziqulova.

10-sinflar o'rtasida:

1-o'rin Namangan viloyati, Mingbuloq tumani, 13-IDIM o'quvchisi Ahmadjon G'ofurjonov, 

2-o'rin Xorazm viloyati, Urganch tumani, 47-IDUM o'quvchisi Barchinoy Ro'zmetova, 

3-o'rin Samarqand viloyati, Kattaqo'rg'on tumani, “Lucky children” NTM o'quvchisi Diyora Samatova.

11-sinflar o'rtasida:

1-o'rin Navoiy viloyati, Navoiy shahri, 11-maktab o'quvchisi Rushana Ahmedova, 

2-o'rin Andijon viloyati, Shahrihon tumani, 2-IDUM o'quvchisi Nozimjon Saidolimov, 

3-o'rin Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, 18-maktab o'quvchisi Bekjon Haqnazarov g'olib deb topildi, deya xabar bermoqda Xalq ta'limi vazirligi Axborot xizmati.