Unda Oliy Majlis Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xodimlari, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi vakillari, olimlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Prezidentimiz 2020-yil 20-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi majlisida parlament quyi palatasi binosida xalq vakillarining oʻz faoliyati, xususan, qonun ijodkorligi jarayonida zarur boʻladigan maʼlumotlar va yetarli koʻnikmalarga ega boʻlishlari uchun zamonaviy, qulay, shuningdek, mamlakatimiz hamda jahonning ilgʻor axborot resurs markazlari bilan elektron integratsiyalasha oladigan Parlament kutubxonasini tashkil etish taklifini qoʻllab-quvvatlagan edi.

Qayd etish kerakki, mazkur kutubxona negizida xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan oʻzaro kelishuv-memorandumlarini tuzish va u asosida oʻzaro elektron kutubxona maʼlumotlar bazalari almashinuvi tashkil etiladi. Parlament kutubxonasining elektron kitob fondini kengaytirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, “Jahon raqamli kutubxonasi” (BMT va AQSH Kongressi qoʻshma loyihasi), “Yevropa raqamli kutubxonasi” va “Google kutubxonasi” fondlaridan foylanish yoʻlga qoʻyilib, tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida infokiosklar oʻrnatildi, deya xabar bermoqda Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati
.

Shuningdek, Parlament kutubxonasi butunjahon ilmiy-taʼlim maʼlumotlar bazalari — “Library Press Display”, “JSTOR”, “East View”, “Springer Link”, “ProQuest” ulandi.