Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 19-23-sentyabr kunlari mamlakatimiz hududlarida kutilayotgan ob-havo maʼlumotini taqdim etdi.

Taʼkidlanishicha, bugun va hafta davomida Oʻzbekiston boʻyicha barqaror harorat fonida quruq va biroz iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

Ushbu kunlarda harorat asosan kechalari 13-18°, kunduz kunlari 29-34° atrofida boʻladi.

Bu sentyabr oyining ushbu kunlari uchun oʻrtacha koʻp yillik harorat qiymatlaridan biroz yuqoridir.

Faqat respublikaning togʻli hududlarida 21 sentabr, chorshanba kuni baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.