Shaharsozlik loyihalari uchun muhim hisoblangan 6-35 kV gacha tok oʻtkazish xususiyatiga ega 3 fazali yer ostiga moʻljallangan plastmassa qoplamali kabel ishlab chiqarish boshlandi, deya xabar beradi “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi axborot xizmati.

Ushbu mahsulotlardan “aqlli shahar”, “obod shahar”, “obod mahalla” loyihalarida keng foydalanilmoqda. Ayni paytda “Tashkent City” megaloyihasining yer osti elektr taʼminoti liniyalarida ham “Prokab” korxonasining mazkur yangi kabelaridan ishlatilmoqda.

Bu mahsulotlar yongʻinga chidamli boʻlib, tok oʻtkazish xususiyatiga koʻra xalqaro standartlarga toʻliq javob beradi.