Ertaga 11-fevral soat 16:00 da Kinochilar uyida Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasining 2022-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan yangi kinoloyihalar muhokamasi boʻlib oʻtadi.
Mazkur tadbir 2022-yil “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da yosh kinoijodkorlari qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi.
Muhokamadan soʻng, Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Yoʻlbarsning tugʻilishi” hujjatli filmi namoyish etiladi, deya xabar beradi Kinematografiya agentligi Axborot xizmati.