“Ko'hna diyor” mas'uliyati cheklangan jamiyatining so'nggi rusmdagi tikuv dastgohlari va boshqa jihozlar o'rnatilgan shinam sexlarida kuniga 20 ming dona kiyim-kechak tayyorlanadi.
Kelgusida korxonaning ishlab chiqarish faoliyati yanada kengaytirilib, ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini kamida mingtaga yetkazish hamda Rossiya hamda Qozog'istonga eksport qilishni rejalashtirgan.
Yangi korxonada shaharlik hamda yondosh tumanlarda istiqomat qiladigan 500 nafar xotin-qiz muqim ish bilan ta'minlandi.
Ayni vaqtda ushbu korxona viloyatda eng ko'p xotin-qizlar ishlaydigan dargoh bo'lib, kelasi yili yana shunday ikkita korxona ishga tushiriladi.
Ro'zimboy Hasan,
“Yangi O'zbekiston” muxbiri