Yangi liniya qurilishi va jihozlanishiga 40 milliard soʻmga yaqin mablagʻ sarflandi. Bu mablagʻning 35 milliard soʻmi korxonaning oʻz mablagʻlari boʻlsa, 5 milliardi bank kreditlaridir.

Turkiyaning ilgʻor texnologiyalari bilan jihozlangan “Quantity class” mahsulotlari xorijda ham xaridorgir. Joriy yilning oʻtgan davrida birgina Afgʻonistonga 5,6 million dollarlik un eksport qilindi. Korxona ishga tushirilishi natijasida 210 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Rasuljon KAMOLOV,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.