Yangi loyihalar – yangi imkoniyatlar

    Fargʻona shahrida 62 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

    Ayni kunda shaharda 4 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilgan boʻlib, ularda umumiy qiymati 944,7 mlrd. soʻmga teng 62 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmokda. Loyihalar toʻliq ishga tushirilishi natijasida 3495 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

    R. KAMOLOV.