Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Samarqandda qurilgan “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazi haqida “Ipak yo'lining yangi durdonasi” hujjatli fil`mi yaratilmoqda.

Kuni kecha fil`m ijodkorlari sayyohlik markazida bo'lib, suratga olish jarayonlariga kirishdilar. Hujjatli fil`mda markaz tarixi, faoliyati va uning bunyod bo'lishida mehnati singgan mutaxassislar va fidokor quruvchilar haqida so'z boradi.