Unda geologik-qidiruv ishlari natijasida aniqlangan uglevodorodlar zahiralarini sanoat miqyosida oʻzlashtirish, yangi “Shagirlik” konida burgʻilashdan chiqqan quduqlarni foydalanishga topshirish tadbirlari muhokama etildi.
Shuningdek, yangi montaj qilingan diametri 168 mm lik tabiiy gaz quvurini ishga tushirish, “Surgil” koni 1-sonli gaz yigʻuv punktidagi quduqlarni uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun siqilishlarni kamaytirish boʻyicha vazifalar rejasi tuzildi.
Joriy yilda yangi burgʻilashdan va mukammal taʼmirlashdan chiqadigan quduqlarni ishga qoʻshish bilan birga “Sharqiy Berdaq” siquv kompressor stansiyasi agregatlarining quvvatini oshirish va Gazni kompleks tayyorlash qurilmasiga tabiiy gaz qabul qilish holatini yaxshilash, yangi gaz uzatish tarmogʻini qurish yuzasidan oʻzaro fikrlar almashildi.
Boshqarmaga qarashli gazni dastlabki tayyolash qurilmalarini texnolgik reglament asosida ishlatish, tabiiy gazni talab darajasida sifatli tayyorlash va yangi qurilgan diametri 530 mm lik tabiiy gaz quvurini (LUPING) ishga tushirib, “Oʻztransgaz” AJ ning magistral gaz quvurlari orqali istemolchilarga uzatish boʻyicha takliflar berildi.
Bundan tashqari ishtirokchilar jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan geologik-texnik tadbirlar asosida koʻrsatib oʻtilgan yangi quduqlarni burgʻilash va mukammal taʼmirlanadigan quduqlarni oʻz vaqtida foydalanishga topshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati