Qarorga muvofiq, Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani hokimligi tashkil etildi.

Tumanda qoʻshimcha shtat birliklari ajratilgan holda adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tashkil etiladi.

2022-yil 1-dekabrgacha tumanning maʼmuriy-hududiy chegarasini hisobga olgan holda, Namangan shahrining 2040-yilgacha boʻlgan bosh rejasi ishlab chiqiladi.