O'rta CHirchiq tumanining “Qunduzak” mahallasi Qunduzak ko'chasi 1-uyda tadbirkor SHahodat Inoyatova tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 30 ilyudagi 595-sonli qarori asosida tashkil etilgan “SHahodat ona shodlik” nomli 25 o'ringa mo'ljallangan oilaviy bog'cha faoliyat ko'rsata boshladi. Ayni paytda bu erda uch nafar malakali tarbiyachilar 25 nafar bolajonning tarbiyasi bilan mashg'ul. 

Bog'cha xonalari o'ziga xos tarzda bezatilgan. SHuningdek, bog'chada bolalarni kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini uyg'otuvchi turli o'yinchoqlar, didaktiv adabiyotlar, ertak kitoblari, ko'rgazmali materiallar mavjud.

Ma'lumot uchun aytib o'tish joizki, ushbu mahallada maktabgacha ta'lim tashkiloti yo'q edi. “SHahodat ona shodlik” nomli oilaviy bog'chasi ochilishi bilan tumandagi nodavlat oilaviy bog'chalar soni 22 taga etdi.