Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari B.Utemuratov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari R.Nurazizov, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi rahbari T.Atamuratov hamda "Qozoq", "Rus", "Ukrain", "Turkman", "Koreys" madaniy-milliy markazlaridan bir qator vakillar ishtirok etdi.

Shuningdek, festivalda Polessk davlat universiteti rektori Valeriy Ivanovich Dunay mehmon boʻldi.

Festivalni universitet rektori A.Reymov ochib berdi.

U oʻz nutqida yurtimizda 130 dan ortiq millat vakillari bir oila farzandlari kabi teng huquqli va ahil yashab kelayotgani, ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlash, taʼlim olishi, kasb-hunar oʻrganishi, madaniyati, urf-odatlarini asrash va rivojlantirish uchun davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilganini aytib oʻtdi.

Bundan keyin Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari B.Utemuratov so'zga chiqib vatanimizda millatlararo totuvlikni mustahkamlash barcha fuqarolarning millatiga, diniga qaramay teng huquq va imkoniyatlar yaratish davlatimiz siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri ekanini ta'kidladi hamda barchani bayram bilan tabrikladi. SHuningdek, festival doirasida madaniy-milliy markazlarning ko'rgazmasi hamda universitetimizning faol talaba yoshlari tayyorlagan kontsert dasturi festival ishtirokchilariga taqdim etildi.

Haqiqatan ham yurtimizda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik printsiplarini qaror toptirish, millatlarning har tomonlama rivojlanishi, ularning milliy qadriyatlarini asrab qolish, urf-odatlarining rivojlanishiga barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bu o'z navbatida ko'p millatli xalqimizning millatlararo totuvlikni mustahkamlash vatanimizning yashnashiga xizmat qiladi.

Festival doirasida talaba yoshlar tomonidan "Milliy qadriyatlarning enf faol targ'ibotchisi", "YOsh oshpazlar" tanlovi, psixologik treninglar, alla aytish, kelin salom va boshqa milliy urf-odat va an'analarimiz sahnada ijro etildi va rassomlar ko'rgazmasi ham tashkil etildi.