“Asakabank” AJ buyurtmasiga binoan suratga olingan kinokartina motivatsion hujjatli film boʻlib, nogiron boʻlishiga qaramay, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida tahsil olayotgan talabaning hayoti misolida yoritib beriladi.
Ssenariy muallifi Dilshoda Qosimova, rejissyor Botir Moʻminov, operator Odiljon Qosimov, rassom Rustambek Shayonov, kartina direktori Orifjon Sobirov.