Davlatimiz rahbari koʻp millatli xalqimizni, xorijdagi vatandoshlarimizni Istiqlol bayrami bilan tabrikladi.
«Yangi Oʻzbekiston gʻoyasi asosida boshlagan ulkan islohotlarimiz tufayli mustaqillik bergan huquq va erkinliklarni har bir yurtdoshimiz oʻz hayotida chuqur his qilib, bu imkoniyatlardan keng foydalanmoqda.
Aynan ana shu ulugʻvor gʻoya asosida biz uch ming yillik boy tarix va madaniyatimizni qaytadan idrok etdik.
Yurtimiz zaminidagi Birinchi va Ikkinchi Renessans anʼanalarini rivojlantirib, Uchinchi Renessans sari dadil amaliy qadamlar qoʻymoqdamiz.
Ishonchim komil, bu yoʻlda Yangi Oʻzbekiston davlati, Yangi Oʻzbekiston jamiyati buyuk tariximizni yangi, yanada yuksak Uygʻonish davri bilan bogʻlaydigan mustahkam koʻprik boʻlib xizmat qiladi», – dedi Prezident.








