Bugun, 1-sentabr kuni “Yangi Oʻzbekiston bogʻi”da Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga bagʻishlangan mushakbozlik tadbiri boʻlib oʻtishi munosabati bilan, “Yangi Oʻzbekiston bogʻi”ga vaqtinchalik yangi avtobus yoʻnalishlari tashkil etildi.

Xususan, quyidagi yoʻnalishlarda avtobus harakati tashkil etilgan:

“Doʻstlik metrosi-Yangi Oʻzbekiston bogʻi”;

“Mashinasozlar metrosi-Yangi Oʻzbekiston bogʻi”.

Shuningdek, “Yangibozor ASHB - Mashinasozlar metrosi” yoʻnalishi jadvallari soni koʻpaytirilgan.