Bu yerda eng zamonaviy arxitektura andozalarini o'zida mujassam etgan, aholiga tom ma'noda munosib turmush sharoitlari yaratishni ko'zda tutuvchi "Yangi O'zbekiston" massivi bunyod etilmoqda.

Bugun Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shukrullo Mahmudov hamda Chirchiq shahar hokimi Davron Hidoyatov “Iftixor”dagi “Yangi O'zbekiston” massivida bo'lib, bunyod etilayotgan ko'p qavatli uylarning qurilishini tizimli tashkil etish ishlari bilan tanishdilar.

O'rganish davomida bu yerdagi ichimlik suvi ta'minoti, elektr energiyasi, kommunal xizmatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.