“Yangi Oʻzbekiston” universiteti faoliyati yanada takomillashtiriladi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston” universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori (PQ-151-son, 28.04.2025-y.) qabul qilindi.

    Qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

    • eng iqtidorli yoshlar va yuqori salohiyatli professor-oʻqituvchilarning ilmiy maktablarini shakllantirish;
    • xalqaro standartlar va ilgʻor tajriba asosida tibbiyot sohasida taʼlim, amaliyot hamda ilmiy tadqiqot faoliyati uygʻunligini taʼminlash, soha uchun raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash.

    Universitet huzurida Ilgʻor bilim va tajribalar transferi markazi tashkil etiladi.

    2025/2026 oʻquv yilidan Universitetning magistratura mutaxassisliklari talabalariga Vazirlar Mahkamasining qarori bilan taʼlimning bakalavriat bosqichiga joriy qilingan davlat grantini ajratish tartibi joriy etiladi.

    2027-yil 1-dekabrgacha Universitet uchun olib kelinadigan va muqobili Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan qurilma, dasturiy va texnik vositalar, butlovchi qismlar bojxona toʻlovlaridan (QQS, aksiz soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi.