Ushbu anjumanda “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari hamda professor o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda. Talabalar HESP (yuqori samarali quyosh panellari), GES (gravitasiya energiyasini saqlash) va Alternativ beton loyihalari bilan qatnashishmoqda.
Ma’lumot uchun, ishlab chiqarish integrasiyasi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ bilan Prezident ta’lim muassasalari agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.