“Yangi Oʻzbekiston” universitetiga qabul imtihonlarini Kembrij universiteti oʻtkazadi

Massachusets texnologiya instituti hamda Myunxen texnika universiteti bilan birgalikda oʻquv reja va dasturlar ishlab chiqiladi. Shuningdek, ular taʼlim sifatini nazorat qilish, laboratoriya va kutubxonalarni toʻldirishga koʻmaklashadi.

“Yangi Oʻzbekiston” universitetida yillik kontrakt 49 700 000 soʻm, xorijliklar uchun esa 10 ming dollar etib belgilandi.

“Yangi Oʻzbekiston” universitetining oʻquv binosi va kampuslari zamonaviy, xalqaro BREEAM sertifikatlariga mos boʻladi

Ilk oʻquv yili shu yil sentyabrdan boshlanadi. Yangi bino qurilguncha darslar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining boʻsh binolarida vaqtinchalik oʻtib turiladi.