“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati xodimlaridan bir guruhi “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

    Mamlakatimizda 30 Avgust 2021 1343

    Yurtimizda boʻlayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlar, erishilgan yuksak natijalarda turli soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning hissasi borligini taʼkidlash joiz. Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlash toʻgʻrisida”ga farmoniga binoan ana shunday fidoyi yurtdoshlarimiz taqdirlanmoqda.

    Bayramoldi davlat organlari va tashkilotlari, jamoat birlashmalari va boshqa respublika idoralarida “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoniga munosib koʻrilganlar tantanali taqdirlanmoqda.

    “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati davlat korxonasining xodimlaridan bir guruhi ham ushbu esdalik nishoni bilan mukofotlandi.