Qayd etilishicha, shu yilning 9-iyul soat 07:00dan 09-avgustga qadar Yangi Oʻzbekiston yoʻlining (Toshkent viloyatidan harakatlanib kelishda) “Yangi Oʻzbekiston“ bogʻiga tutash qismidan avtoulovlar harakati toʻxtatiladi.
Avtoulovlar harakati “Yangi Oʻzbekiston“ bogʻi chegara hududidagi yoʻl orqali “Milliy bogʻ“ koʻchasiga yoʻnaltiriladi, — deyiladi xabarda.








