15-16-dekabr kunlari boʻlib oʻtadigan mazkur ilmiy anjumanda ayni kunda mamlakatimizda veterinariya terapiyasi sohasida qanday zamonaviy usullar qoʻllanilayotgani, sohaning dolzarb muammolari va ularning yechimi yuzasidan qilinayotgan ishlar, shuningdek, yutuqlar va istiqboldagi vazifalar hamda Veterinariya diagnostikasining zamonaviy usullari muhokama qilinmoqda.
Xalqaro anjumanni universitet retori, professor Xudaynazar Yunusov ochib berdi va barcha mehmonlarni qutladi. Rektor konferensiya mavzusining ayni kundagi dolzarbligi, bu borada taʼlim maskanida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar xususida oʻz fikr va mulohazalarini bildirdi, shuningdek, hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan qilinayotgan hamkorliklar xususida soʻzladi.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.Norqobilovning anjuman ishtirokchilariga qutlovini qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Sh.Jabbarov oʻqib eshittirdi.
Xalqaro tadbirda Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasi, prorektori, q.x.f.d. Aleksandr Aleksandrovich Belko (Zoom dasturi orqali),
Rossiya xalqlar doʻstligi universiteti Agrar-texnologiya instituti “Veterinariya meditsinasi” departamenti direktori, veterinariya fanlari doktori, professor Vatnikov Yuriy Anatolevich,
Rossiya xalqlar doʻstligi universiteti Agrar-texnologiya instituti “Veterinariya meditsinasi” departamenti dotsenti V.I.Semyonova (Zoom dasturi orqali),
Oʻsh davlat universiteti professori (Qirgʻiziston) Abdurasulov Abdugʻani Xolmirzayevich,
Qozogʻiston Milliy agrar tadqiqotlar universiteti professori Esengali Usenbekovlar ishtirok etishdi.
Shuningdek, anjumanda Qirgʻiz-Turk Manas universiteti professori Ali Rişvanli, Xitoyning Tarim universiteti professori Muhatai Gemingguli,
Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universiteti professori Zamanbekov Nurtleu Akjoltayevich,
Latviya biofanlar va texnologiyalar universiteti professori Shematovich Ilga Miyervaldovna,
Patrise Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar doʻstligi universiteti dotsenti Rogov Roman Vasilevich,
K.I.Skryabin nomidagi Qirgʻiz milliy agrar universiteti professori, akademik Nogoybayev Mukambet Dayыrovich,
Butunrossiya parrandachilik veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti (VNIVIP) katta ilmiy xodimi, dotsent Pavel Sidorovich Ryabtsev hamda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti professor Baxtiyor Bakirovlarning ilmiy maʼruzalari tinglandi.
Anjuman ertaga ham oʻz ishini davom ettiradi. Ishtirokchilar kafedra oʻquv labotatoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishtiriladi.
Shuningdek, qadimiy va koʻhna shaharning diqqatga sazovor maskanlari va “Boqiy shahar”ga tashrif ham koʻzda tutilgan.
Axborot xizmati