Quyi Chirchiq tumanidagi “TST Cluster” klasterida M.Rahmatov va B.Zaripov hammuallifligidagi “Yangi Oʻzbekiston Uchinchi Renessans ostonasida” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda klaster tizimidagi korxonalar rahbarlari, kasaba uyushmasi aʼzolari, yoshlar ishtirok etishdi.
“Uchinchi Renessans ostonasida agrosanoat va u bilan bevosita bogʻliq boʻlgan tarmoqlar istiqboli klasterlar bilan bogʻlanayotgani bejiz emas, albatta. Chunki ular oʻtgan qisqa vaqt ichida Yangi Oʻzbekistonni bunyod etishda yetakchi kuch sifatida oʻzini toʻla namoyon qildi”, deyiladi asarda.
Darhaqiqat, kitobning “Uchinchi Renessans toʻrtinchi sanoat inqilobi bilan mushtaraklashadi” nomli bobida klasterlarning mamlakat agrosanoati rivojidagi roli Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi tizimidagi ilgʻor klasterlar misolida ochib berilgan.
“TCT Cluster” birlashgan Kasaba uyushmalari qoʻmitasi raisi Q.Imomov yigʻilganlarga yangi asar mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi.
Gulichehra Durdiyeva,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri