Yangi Oʻzbekistonning bugungi taraqqiyotiga albatta mana shunday ulkan gʻalabalar yarashadi.

Shu maʼnoda, sizlar Parijda erishgan natijalaringiz bilan oʻz nomingizni milliy sportimiz tarixiga oltin harflar bilan muhrlab qoʻydingiz.

Sizlar xalqimiz qalbidagi milliy gʻurur tuygʻusini har tomonlama yuksaltirdingiz. Eng muhimi, bunday porloq gʻalabalar el-yurtimizni ruhlantiradi, yanada birlashtiradi. Ular yoshlarimiz uchun mardlik va matonat, ibrat va shon-sharaf maktabi boʻlib xizmat qiladi.

Hech shubhasiz, bu olamshumul yutuqlarda siz, aziz sportchilarimiz bilan birga talabchan va fidoyi ustoz-murabbiylar, mutaxassis va mutasaddilar, sizlarga chin dildan omad tilab turgan butun xalqimizning hissasi ham beqiyosdir", — dedi Prezident.