Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot moʻjizasini albatta yarata olamiz — Prezident

    Siyosat 15 Sentabr 2025 357

    Prezidentimiz soʻzining yakunida oʻqituvchi va murabbiylarga sihat-salomatlik, kuch-gʻayrat, gʻoyat masʼuliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan yutuqlar, oilaviy baxt-saodat tiladi.

    «Ikki Renessans davomida bashariyatga muallimlik qilgan xalqimiz orasida ustozlarni eʼzozlash va ularga ehtirom koʻrsatish eng goʻzal va qadimiy anʼanalarimizdan biriga aylangan.
    Bugun Yangi Oʻzbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini qurish degan bagʻoyat ulugʻ va sharafli ishni boshlagan ekanmiz, eng avvalo, siz – aziz ustozlar hamda isteʼdodli shogirdlaringizga tayanamiz.
    Ishonchim komil, sizlar bilan birga chin dildan harakat qilsak, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot moʻjizasini albatta yarata olamiz. Oldimizga qoʻygan yuksak marralarga sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birga albatta yetamiz!», – dedi davlatimiz rahbari.

    Prezidentimiz soʻzining yakunida oʻqituvchi va murabbiylarga sihat-salomatlik, kuch-gʻayrat, gʻoyat masʼuliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan yutuqlar, oilaviy baxt-saodat tiladi.

    Tadbir davomida oʻqituvchi va talabalar, taʼlim tashkilotlarining rahbarlari bilan muloqot qilinib, ularning taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.