”Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini bevosita odamlarimiz fikr va takliflari asosida ishlab chiqdik”

    Hukumat 26 Yanvar 2022 4023

    Davlatimiz rahbari Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi haqida:

    "Hammangiz xabardorsiz, oʻtgan yili saylovoldi dasturi doirasida hududlarga tashriflarda “Inson qadri uchun” tamoyilini barcha islohotlarimizning bosh mezoni sifatida belgiladik.

    “Davlat – inson uchun” degan ezgu gʻoyani hayotga tatbiq etish maqsadida 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini bevosita xalqimiz bilan maslahatlashib, odamlarimizning fikr va takliflari asosida ishlab chiqdik. Ushbu strategiyada:

    - yaqin va oʻrta istiqbolda Oʻzbekistonning taraqqiyot tendensiyalari qanday boʻladi?

    - kelgusidagi faoliyatimizni belgilaydigan aynan qaysi maqsad va vazifalar biz uchun eng dolzarb va ustuvor hisoblanadi?

    - davlat va jamiyat hayotining barcha jabha va yoʻnalishlarini kompleks rivojlantirish uchun asosiy eʼtiborni nimalarga qaratishimiz kerak?

    - keyingi yillarda qabul qilingan qonun va qarorlarimiz, dastur va rejalarimizni yangi davrda qanday davom ettirishimiz, ularga qanday qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritishimiz kerak, degan savollarga chuqur va atroflicha javob berilgan".