Yangi O‘zbekistonning yangi ijodkorlari saralandi

    Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash va axborot-multimedia markazi tomonidan mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” qoʻshiqlar tanlovining III (final) bosqichi boʻlib oʻtdi.

    Shu kunga qadar ushbu tanlovning I-bosqichida ishtirok etgan 600 nafar yosh ijodkordan 178 nafari II bosqichga oʻtgan boʻlsa, shulardan 25 nafari III (final) bosqichida bellashadi.

    “ZOʼR TV” telekanalida adolatli va shaffof tarzda oʻtkazilgan mazkur tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini Oʻzbekiston xalq artistlari, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar, tajribali kompozitor, musiqiy sayqalchilar, shoir va sanʼat sohasining yetuk mutaxassislari kuzatib, baholab boradi.