Loyiha muhokamasi 25 iyungacha davom etadi. Unda soliq imtiyozlari ham taklif etiladi. Xususan, aktsiyadorlik jamiyatlari va investitsiya vositachilari 2023 yil 1 sentyabrgacha belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida daromad solig'ini to'laydilar.
YUridik shaxslar foyda solig'idan va jismoniy shaxslar daromad solig'idan ozod qilinadigan holatlar etib quyidagilar belgilandi:
- bir yildan ortiq muddatga milliy valyutada joylashtirilgan qarz majburiyatlaridan olingan daromadlar;
- birja kotirovkalari ro'yxatining eng yuqori toifasiga kiritilgan qimmatli qog'ozlar (aktsiyalar) bo'yicha dividendlar va foizlar;
- aktsiyalar va obligatsiyalar sotib olishga ajratilgan miqdordagi shaxsiy daromad.