Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yashovchi 28 yoshli N.A. sodir etganligi aniqlandi.

Unga koʻra, N.A. jabrlanuvchi (ayol) X.G. bilan telegram messenjerining “arzon uylar” guruhida tanishib, aldov yoʻli bilan 20.635.000 soʻm miqdoridagi pullarni boshlangʻich toʻlov sifatida oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank kartasiga oʻtkazdirib olgan va yozishmalarni oʻchirib yuborib, aloqani uzib qoʻygan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, N.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.