Keyingi yillarda mamlakatimiz singari shahrimizda ham aholi salomatligini saqlash, malakali tibbiy xizmatni yoʻlga qoʻyish borasida tizimli ishlar olib borildi.

Sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilgan islohotlarda sohada xususiy sektorlar ulushini oshirish, ularning faoliyat yuritishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratib berishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Mustaqillik arafasida foydalanishga topshirilayotgan Tibbiy sogʻlomlashtirish va laboratoriya “Ixlos med ABR” MCHJ faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi ushbu islohotlarning amaliy natijasi desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

Klinika 40 oʻringa moʻljallangan. Tadbirkor Xurshid Zayniddinov tomonidan yoʻlga qoʻyilgan ushbu loyiha natijasida 8 ta ish oʻrni yaratildi. Laboratoriya va terapiya boʻlimlarida 4 nafar malakali vrachlar faoliyat yuritadi.

1 milliard imtiyozli kredit asosida barpo etilgan ushbu shifo maskanida aholiga eng sifatli va malakali tibbiy xizmat koʻrsatish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, deb xabar beradi Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.