Joriy yilning 30-may kuni Shirinobod tuzilmasida joylashgan Nishon-1 qudug'ida olib borilgan mukammal ta'mirlash va GRP ishlari yakunlangach, quduqdan kunlik hajmi 100 ming kub. m gacha bo'lgan sanoat miqyosidagi gaz oqimi olindi.

Mazkur ko'rsatkich kutilma zaxiralari 25 mlrd kub.m gaz va 1230 ming t kondensatni tashkil etgan yangi kon ochildi deb hisoblashga asos bo'ladi.

Kutilma zaxiralarini tasdiqlash uchun yangi quduqlarni burg'ilash boshlab yuborildi.

Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya talablariga rioya qilingan tarzda bajarilmoqda.