Bugun 16-oktyabr kuni  ushbu sport kompleksining ochilish marosimi oʻtkazildi. Unda UrDU rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida universitet Kengashi aʼzolari qatnashdilar.

Ushbu sport kompleksi Mini-futbol, Basketbol, Voleybol, Badminton, Gandbol hamda ochiq turdagi gimnastika maydonchalaridan iborat.

Ochilish marosimida talaba-yoshlarning har tomonlama barkamol boʻlishlarida muhim ahamiyatga ega bu kabi bunyodkorlik ishlari universitet boʻylab yana davom etishi, yoshlar uchun sifatli taʼlim va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligi haqida soʻz bordi.

UrDU Matbuot xizmati