Ushbu Qonunning maqsadi quyidagilardan iborat:

  • avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar, avtomobil yoʻllari egalari va davlat manfaatlarini koʻzlab avtomobil yoʻllari tarmogʻini tashkil etish va ulardan foydalanish, yoʻl faoliyatini amalga oshirish asoslarini belgilab berish;
  • yoʻl xoʻjaligini takomillashtirish;
  • umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining xavfsizligini va rivojlanishini taʼminlash, ularning texnik holatini yaxshilash;
  • yoʻl faoliyati sohasida ilgʻor texnologiyalar va standartlarni joriy etishni ragʻbatlantirish;
  • yoʻl faoliyatini amalga oshirishda ishlar va (yoki) xizmatlar bozorida samarali va adolatli raqobatni taʼminlash;
  • magistral yoʻllardan foydalanish va yoʻl harakatini amalga oshirish sohasidagi investitsiya muhitini yaxshilash;
  • magistral yoʻllarning xalqaro transport tarmogʻiga integratsiyasini taʼminlash.