Ushbu nizom “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablari ijrosini taʼminlash hamda moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ishlab chiqildi.
Mazkur hujjat moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi asosiy yondashuvlar va moliyaviy xizmatlar koʻrsatish jarayonida mikromoliya tashkilotlari va lombardlar rioya qilishi zarur boʻlgan talablar hamda masʼuliyatli kreditlash tamoyillarini qamrab oladi.
Nizom isteʼmolchilarga maʼlumot berish tartibi, muddati oʻtgan qarzdorlik kelib chiqqan taqdirda nobank kredit tashkilotining qazdorlar bilan oʻzaro munosabatlari, shuningdek, isteʼmolchilarning shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Hujjat loyihasi bilan batafsil ushbu havola (https://regulation.gov.uz/oz/d/61813) orqali tanishishingiz hamda taklif va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.