Loyihani ishlab chiqishda jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilishga, uni yana-da liberallashtirishga, jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtirishga hamda jinoyatlar uchun sanksiyalarni qilmishlarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasiga qarab muvofiqlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, loyihada turlicha sharhlash yoki korrupsiya holatlari sodir etilishiga yoʻl qoʻyadigan normalarni chiqarib tashlashga qaratilgan oʻzgartirishlar nazarda tutilgan.

Loyiha ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasi asosida tayyorlangan.

Ushbu loyiha fuqarolarning takliflari asosida yana-da takomillashtirish maqsadida jamoatchilik muhokamasiga joylashtirildi.

Shu sababli, keng jamoatchilikdan mazkur loyihani koʻrib chiqishda va uni takomillashtirishda ishtirok etishini soʻraymiz !