Tomonlar Markaziy Osiyoda yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, infratuzilmaviy rivojlanish va taʼlim sohalarida muhim loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashish, shuningdek, mintaqaviy tashabbuslarni amalga oshirishga koʻmaklashish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga hissa qoʻshish boʻyicha YATB faoliyatini kengaytirish masalalarini koʻrib chiqdilar.
Yangi taraqqiyot banki BRIKSga aʼzo davlatlar (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika) tomonidan tashkil qilingan. Bugungi kunda aʼzo davlatlar qatoriga Misr, BAA, Bangladesh, Urugvay va Jazoir mamlakatlari qoʻshildi.
Bank maqsadi — BRIKS mamlakatlari va rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilmaviy va barqaror rivojlanishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirishdir.