Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, respublikamizda 2021-yilning 1-may holatiga (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) jami 37 352 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga qaraganda 8 242 taga koʻp.
Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar soni:
Toshkent shahri – 6 426 ta;
Qashqadaryo viloyati – 4 434 ta;
Samarqand viloyati – 3 253 ta;
Toshkent viloyati – 3 227 ta;
Fargʻona viloyati – 2 954 ta;
Surxondaryo viloyati – 2 403 ta;
Namangan viloyati – 2 380 ta;
Buxoro viloyati – 2 272 ta;
Andijon viloyati – 2 181 ta;
Jizzax viloyati – 1 765 ta;
Qoraqalpogʻiston R. – 1 735 ta;
Xorazm viloyati – 1 706 ta;
Navoiy viloyati – 1 621 ta;
Sirdaryo viloyati – 995 ta.