Yangi Toshkent loyihasi xalqaro mukofotga sazovor boʻldi

    Urbanizatsiya 3 Aprel 2025 896

    Yangi Toshkent loyihasi nufuzli “World Architecture News Awards” tanlovida qatnashgan edi.

    Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu tanlovning “Kelajak loyihalari: masterplanlar” toifasida Yangi Toshkent loyihasi 2-oʻrinni egalladi.

    Bu yirik gʻalaba Oʻzbekistonning shaharsozlik sohasidagi ulkan salohiyatini yana bir bor namoyish etib, innovatsion va barqaror rivojlanishga qaratilgan tashabbuslarning xalqaro eʼtirofga sazovor boʻlayotganini koʻrsatdi.