Yangi Toshkent shahridagi ilk metro yoʻnalishi 2026-yil oxirigacha qurib bitkaziladi

    “Yangi Toshkent” shahrini barpo etish direksiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, yangi Toshkent shahridagi ilk metro yoʻnalishi 2026-yil oxirigacha qurib bitkaziladi.

    Matbuot xizmati tarqatgan videotasvirdagi raqamlarda maʼlum qilinishicha, mazkur loyiha qiymati 110 mln AQSH dollarini tashkil etib, Turkiyaning “Xvav Yapi Sanayi Ve Tic.A.S.” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

    Qayd etilishicha, loyihada belgilangan metro “Doʻstlik” bekatidan Yangi Toshkentgacha boʻlgan yoʻnalishning bir qismi boʻladi.

    Loyiha qiymatining 11 mln dollari 2025-yilda, qolgan 99 mln dollari esa 2026-yilda oʻzlashtirilishi reja qilingan.