Transport vazirligining xabar berishicha, shu yilning 28-mart sanasidan boshlab amaldagi 190-sonli “Yangibozor ASHB — Mashinasozlar metrosi“ yoʻnalishi Yangi Oʻzbekiston koʻchasi orqali Yangi Toshkent bekatigacha bir tomonlama harakat qiladi. Soʻng oʻzining avvalgi yoʻnalishi boʻylab harakatni davom ettiradi.
Yangi tashkil etilgan 197-sonli avtobus yoʻnalishi Oʻzbekiston mehmonxonasi bekati — Yangi Toshkent bekati yoʻnalishida harakatlanadi. Ushbu yoʻnalish “Mahtumquli va Yangi Oʻzbekiston“ yoʻli koʻchalari orqali harakatlanadi.
137-sonli avtobus yoʻnalishi esa endilikda Istiqbol mahallasi bekatidan Parkent yoʻli koʻchasi orqali Yangi Toshkent bekatigacha ikki tomonlama harakat qiladi. Yoʻnalish “Yangi Toshkent bekati — Qoʻshqoʻrgʻon mahallasi“ deb qayta nomlanadi.