“Hazorasp” EIZ aynan shu tuman hududida joylashgani, bu yerda koʻplab sanoat korxonalari ish boshlayotgani sabab yangi bank xizmatlariga ehtiyoj katta. Zero, bugun tuman hissasiga viloyatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining yarmi, xalq isteʼmoli tovarlarining 60 foizi toʻgʻri kelmoqda.

Pitnak shahrining markaziy koʻchasida joylashgan mazkur bank xizmatlari markazi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan boʻlib, mijozlarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun barcha sharoitlarga ega.

Bu tumanda xizmat koʻrsatayotgan uchinchi bank filialidir.

Roʻzimboy HASAN,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.