Vaznni yoʻqotadigan yangi turdagi dorilar semaglutid, tirzepatid, retatrutid (GLP-1 retseptorlari agonistlari) va ularning analoglari miyaning zavq bilan bogʻliq boʻlgan sohalariga — xususan, ovqatlanishdan zavqlanishga taʼsir qiladi.
Ushbu dorilar ovqatlanish zavqini kamaytirishdan tashqari, umumiy qoniqishni ham kamaytirishi mumkinligi taxmin qilingan.
Yevropa Tibbiyot Agentligi (YEMA) semaglutid va uning analoglarini qabul qilgan bemorlarda oʻz joniga qasd qilish fikrlari va oʻz-oʻziga zarar yetkazish holatlari haqida 150 ga yaqin hisobotlarni tahlil qildi.
Hozirgi vaqtda ushbu xabarlarning semaglutid va uning analoglarini qabul qilish bilan bevosita bogʻliqligi haqida hech qanday asosli dalil yoʻq.
Bunday dori-darmonlarni qabul qiladigan odamlarning aksariyati semiz yoki juda katta miqdordagi ortiqcha vaznga ega.
Va bu holatlar oʻz-oʻzidan depressiya xavfini sezilarli darajada oshiradi. YEMAning bu boradagi tadqiqot ishlari davom etadi.