Yangi turizm qishlog'ida Navro'z qanday nishonlanadi?

    16 mart kuni Nurota tumani Sentob qishlog'iga “Turizm qishlog'i” maqomi berilishi munosabati bilan Navro'z umumxalq bayrami tadbiri bo'lib o'tadi.

    Shuningdek, tadbirda folklor-etnografik jamoalar, san'atkorlar, estrada xonandalari va baxshilarning chiqishlari;

    Tasviriy san'at, xalq amaliy san'ati mahsulotlari hamda milliy hunarmandlik mahsulotlari ko'rgazmasi;

    Milliy sport o'yinlari doirasida, tosh ko'tarish, chillak, arqon tortish, milliy kurash musobaqalari;

    Navro'z bayrami munosabati bilan Nurota tumani va Sentob qishlog'i hududlariga xos bo'lgan milliy taomlar, “Ko'klam ne'matlari” ko'rgazmalarini hamda “Eng yaxshi Navro'z taomlari” tanlovini tashkil etish ko'zda tutilgan.