Shu kungacha saraton kasalligi biopsiya, ya'ni patologik markazdan hujayralar yoki to'qimalarni olib, ularni mikroskop ostida tekshirish orqali aniqlanib kelmoqda. Biopsiya o'sma kasalliklariga shubha mavjud bo'lgan hollarda olinadi.

Angliyalik olimlar ishlab chiqqan test onkologiya sohasida katta o'zgarishlarga sabab bo'lishini ko'pchilik shifokorlar ta'kidlamoqda. Ayni test yordamida saratonning 50 turini aniqlash mumkin bo'ladi.   

Allaqachon “suyuq biopsiya” nomini olgan yangi usul qondagi saraton hujayralarining DNK fragmentlarini aniqlashga asoslanadi. Odatda bunday fragmentlar o'simta paydo bo'lganda va qon tomirlari bilan o'sgan paytda, lekin KT, ultratovush va MRTda hali ko'rinmaganda aniqlanadi.

Yangi testning keng ko'lamli sinovlari allaqachon boshlangan, unda 50 yoshdan 77 yoshgacha bo'lgan 40 ming ko'ngilli ishtirok etmoqda. Mutaxassislar ularning qon tahlilini o'tkazadilar va bir yildan so'ng, keyin yana ikki yildan so'ng qon tahlili qayta o'tkaziladi.